2021- yilning 19- noyabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida” 2021- yil 11- avgustdagi O‘RQ-707-son qonunining mazmun-mohiyati ahamiyati, qonun bilan amaliyotga joriy etilayotgan o‘zgarish va tushunchalar” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida viloyatimizdagi ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar va blogerlar ishtirok etishdi.
Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o’rinbosari U. Suyunov rasmiy statistika davlat statistika organlari va rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari tomonidan tayyorlanadigan hamda tarqatiladigan statistika ma’lumotlaridan iborat ekanligi, Davlat statistika qo‘mitasi sohada vakolatli davlat organi hisoblanishi, jismoniy va yuridik shaxslar (shu jumladan ularning alohida bo‘linmalari, filiallari va vakolatxonalari) rasmiy statistikadan foydalanuvchilar bo‘lishi mumkinligi, Qonunga ko‘ra, ko‘p yillik statistika dasturi umuman milliy statistika tizimi uchun ishlab chiqishi va rasmiy statistikaning strategik rivojlanish yo‘nalishlarini belgilishi, bir yillik statistika dasturi ko‘p yillik statistika dasturini bajarish maqsadida ishlab chiqilishi, ko‘p yillik statistika dasturlari Prezident tomonidan, bir yillik statistika dasturlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirda davomida Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo'lim boshlig’i M. Yuldasheva Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qaroriga muvofiq, 2021- yilning 11- noyabr sanasidan boshlab, Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida uyma-uy yurib, sinov tariqasida aholini roʻyxatga olish jarayonlari boshlandi.
Maʼlumki, 1-5 noyabr kunlari sinov tariqasida aholini onlayn roʻyxatga olish oʻtkazildi.
Mazkur 4 ta hududning onlayn roʻyxatdan oʻtmagan aholisini 11-25 noyabr kunlari roʻyxatga oluvchilar uyma-uy yurib, qogʻoz va planshet orqali savolnomalarni toʻldirib boradi.
Sinov tariqasida roʻyxatga olish jarayonlarida orttirilgan tajribalar 2023- yilda boʻlib oʻtadigan aholini roʻyxatga olish boʻyicha asosiy tadbirning samarali oʻtkazilishida muhim omil boʻlib xizmat qiladi.
Davra suhbati yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar mavzuga oid o‘zlarining qiziqtirgan savollarini berishdi va mutaxassisdan atroflicha javob olishdi.