Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi.
Ozod va obod Vatanimiz — Oʻzbekistonning bayrogʻi ham bizni ulugʻ maqsadlar tomon boshlovchi buyuk mashʼaladir. Har bir inson ongu shuuriga Vatanimiz ramzlariga nisbatan chuqur hurmat tuygʻularini singdirish, umummilliy va ehtirom timsollari boʻlgan bayroq, gerb va madhiyamizni ulugʻlash va ardoqlash barchamizning muqaddas burchimizdir.
"Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida"gi Qonun qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan butun mamlakat boʻylab aholi vakillari ishtirokida #bayrogʻim_gʻururim, #bayroq_30, #bayroq_kuni shiori ostida oʻtkazilayotgan oʻziga xos xeshtegda Viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.
Axborot xizmati