Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i A. Tashnazarov hamda viloyat statistika boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari U. Suyunov O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710-sonli qaroriga asosan Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sinov tariqasida o’tkazilayotgan aholini roʻyxatga olish jarayonlarini kuzatib borish maqsadida Toshkent shahrining Yashnobod tumaniga tashrif buyurishdi hamda mazkur jarayonlar bilan tanishmoqda.
Eslatib o’tamiz: sinov tariqasida aholini ro’yxatga olish 2021- yilning 11-25 noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o’tkaziladi.
Axborot xizmati