04/11/2021

2021- yilning 04- noyabr kuni Navoiy Davlat pedagogika institutida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.

Qatnashchilarga O’zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish 2023- yil 1-25 noyabr kunlarida, shuningdek, sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri esa 2021- yil 1-25 noyabr kunlari Andijon viloyatining Xujaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori-Chirchiq tumani, Xorazm viloyatning Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanlarida amalga oshirilishi haqida aytib o‘tdi.

Jumladan, pespublikamizda bugungi kunda, ya’ni 1-5 noyabr kunlari sinov tarzida Internet tarmog'i orqali ro'yxatdan o'tish jarayoni davom etayotganligi haqida to'xtalib o'tildi. Respondentlar tomonidan o‘zlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Internet tarmog‘i orqali census.stat.uz rasmiy veb-saytiga kirgan holda himoya kodi bilan himoyalangan tarzda shaxsiy ma’lumotlarini tizimga kiritish orqali ro‘yxatdan o‘tishning tartib qoidalari to‘g‘risida qatnashchilarga batafsil ma'lumot berilib, ularni ushbu jarayonda ishtirok etishlari mumkinligini haqida aytib o‘tildi.

Shuningdek, davra suhbati qatnashchilari Aholini ro‘yxatga olish varaqalari shakllari bilan tanishtirildi va ularni to‘ldirish yo‘riqnomasi bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.

Jumladan, qatnashchilarga aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan savollariga batafsil tushunchalar berildi.

photo2021-11-0414-43-58
photo2021-11-0414-43-56
photo2021-11-0414-43-56-2
photo2021-11-0414-43-55
photo2021-11-0414-43-41
photo2021-11-0414-43-29
photo2021-11-0414-17-44
photo2021-11-0414-17-43-2
photo2021-11-0414-17-43
photo2021-11-0414-17-42-2
photo2021-11-0414-17-42
0
4
3
2
1

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech