22/10/2021

✅Joriy yilning 21- oktabr kuni “Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi” xodimlari  uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyati yuzasidan seminar tashkil etildi.

Shuningdek, tadbir davomida shaxsga doir ma’lumotlarni yigʻish usullari toʻgʻrisida batafsil ma’lumot berildi. Jumladan, respondentlar yashaydigan (vaqtincha boʻlib turgan) turar va noturar joylarga, binolarga tashrif buyurgan holda uyma-uy yurib, soʻrov oʻtkazish orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxatga olish varagʻi shakllari roʻyxatga oluvchi xodimlar tomonidan respondentlarning soʻzlari asosida toʻldiriladi, aholini ro'yxatga olishni o'tkazish davrida yashash (turgan) joyida hozir bo‘lmagan yoki voyaga etmagan shaxslar (respondentlar) to‘gʻrisidagi shaxsga doir ma'lumotlar mazkur uy xo'jaligining voyaga etgan a'zolari tomonidan ma'lum qilinadi.

Seminar davomida “jamoat salomatligi texnikumi” xodimlariga  aholini ro‘yxatga olish tadbiri samarali o‘tishida xar bir fuqaro mas’ul ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech