Mamlakatlarning milliy statistika tizimini rivojlanganlik darajasini baholab boradigan Jahon bankining “Statistika salohiyati indeksi”da O‘zbekiston 67,8 ball bilan 154 ta davlat orasidan 61- o‘rinni egallagan.
Xalqaro valyuta jamg‘armasining kengaytirilgan Ma'lumotlarni tarqatishning umumiy tizimida 24 ta yo‘nalish bo‘yicha 422 turdagi O‘zbekiston Respublikasining makroiqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy statistik ko‘rsatkichlar to‘plamlarini e'lon qilib borilishi yo‘lga qo‘yildi.
Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan BMTning Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda Milliy Barqaror Rivojlanish maqsadlariga erishishni monitoring qilish bo‘yicha veb-sayt (nsdg.stat.uz) ishlab chiqilib, o‘zbek, rus va ingliz tillarida ishga tushirilgan.
Hozirgi kunda, O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma'lumotlar portalida jami 13 mingdan ortiq ma'lumotlar to‘plamlari 3 tilda (o‘zbek, rus va ingliz tillarida) joylashtirilgan.
“Open data Inception” tashkilotining ma'lumotiga ko‘ra, jahon mamlakatlari orasida O‘zbekiston 99 ta ochiq ma'lumotlar manbalari bilan ochiq ma'lumotlar manbalari soni bo‘yicha jahonda 5-o‘rinni egalladi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumat kuzatuvi 2020”da “Ochiq davlat ma'lumotlari indeksi” bo‘yicha O‘zbekiston eng yuqori (Very High OGDI) ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan jahonning 41 ta mamlakati orasidan joy olgan. Jami ushbu indeksda 193 ta mamlakat baholangan hamda O‘zbekiston eng yuqori ball to‘play olgan.
Ochiq ma'lumotlar reytingida (Open Data Inventory - ODIN) O‘zbekiston Respublikasi 63 ballni to‘pladi va reytingda 125 ta pozitsiyaga ko‘tarilib, dunyoda 44-o‘rinni, Markaziy Osiyoda esa 1-o‘rinni egalladi.
stat.uz