17/09/2021

Shahar statistika bo‘limi boshligʻi tomonidan tashli etilayotgan seminarlarda qatnashchilarga qarorning mazmun va mohiyati haqida tushunchalar berilmoqda.

Shu bilan birga, ushbu Qaror bilan O’zbekiston Respublikasida aholini ro’yxatga olish 2023-yil 1-25- noyabr kunlari o’tkazilishi va O’zbekiston Respublikasida aholini sinov tariqasida ro’yxatga olish tadbiri 2021- yil 1-25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshirilishi to’g’risida maʼlumot berilib amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi.  

Shuningdek, tadbir davomida shaxsga doir ma’lumotlarni yigʻish usullari toʻgʻrisida batafsil ma’lumot berildi. Jumladan, respondentlar yashaydigan (vaqtincha boʻlib turgan) turar va noturar joylarga, binolarga tashrif buyurgan holda uyma-uy yurib, soʻrov oʻtkazish orqali amalga oshiriladi. Ro'yxatga olish varagʻi shakllari roʻyxatga oluvchi xodimlar tomonidan respondentlarning soʻzlari asosida toʻldiriladi, aholini ro'yxatga olishni o'tkazish davrida yashash (turgan) joyida hozir bo'lmagan yoki voyaga etmagan shaxslar (respondentlar) to'gʻrisidagi shaxsga doir ma'lumotlar mazkur uy xo'jaligining voyaga etgan a'zolari tomonidan ma'lum qilinadi. O'ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxslar to'gʻrisidagi shaxsga doir ma'lumotlar ularning vasiylari yoxud homiylari tomonidan ma'lum qilinadi, yashab turgan xonadonida (joyida) ro'yxatdan o'tishni istamagan respondentlar uchun ro'yxatga olish so'rovnomalarini to'ldirish mahaliy hokimiyatlar tomonidan ajratilgan bino yoki xonalarda joylashgan statsionar uchastkalarda amalga oshiriladi, respondent ro'yxatga olish varagʻidagi savollarga javob berishni rad etgan taqdirda ro'yxatga olish varagʻi fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlaridagi yoki mahalliy davlat hokimiyati organlaridagi mavjud ma'lumotlar asosida to'ldiriladi, gapirishi va eshitishida nuqsoni bo'lgan fuqarolarning shaxsga doir ma'lumotlarini yigʻish tegishli hudud bo'yicha nogironlik jamiyatlarining xodimlari yoki ushbu shaxslar bilan muomala qilish imkoniyati mavjud bo'lgan shaxslar ko'magida amalga oshiriladi, shaxsga doir ma'lumotlarni yigʻish axborot xavfsizligini ta'minlash talablarini hisobga olgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali ham amalga oshiriladi.

Tadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.

 

Gʻozgʻon tuman statistika boʻlimi

Tugmani bosing Tinglash GSpeech