10/09/2021

Navoiy viloyati aholi umumiy daromadlarining katta qismi mehnat faoliyatidan olingan daromadlari (jami aholi umumiy daromadlarining 76,1 % i) hisobiga shakllandi, bu yollanma ishchilarning daromadlari (39,0 %) va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni (37,1 %) o‘z ichiga oladi.

Aholi umumiy daromadlari tarkibida shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlarning ulushi 4,8 %, mol-mulkdan olingan daromadlarning ulushi 6,6 %, transfertlardan olingan daromadlar ulushi 12,5 % ni tashkil qildi.

 

stat.uz

Tugmani bosing Tinglash GSpeech