09/09/2021

Joriy yilning 7- sentabr kuni Navoiy viloyati Konimex tumani Davlat arxiv xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli Qarorining bajarilishi yuzasidan targ’ibot ishlari olib borildi.

Tadbirda tuman statistika bo'limi xodimi bosh mutaxassisi M. Boranbayev so‘zga chiqib, aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlaridan milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda va monitoringni yuritishda, aholi punktlarining infratuzulmasini yaxshilashda, mehnat resurslaridan foydalanish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlar va dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida axborot berdi.

Roʻyxatga olish qanday amalga oshiriladi?

Mazkur jarayon uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchisi, tayyorgarlik bosqichi boʻlib, uch yilga yaqin vaqt davom etadi. Ikkinchisi, asosiy bosqich boʻlib, bunda bevosita aholini roʻyxatga olish amalga oshiriladi, yaʼni aholi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yigʻiladi, nazorat tekshiruvi oʻtkaziladi va aholini roʻyxatga olish materiallari topshiriladi. Bu taxminan ikki oy muddatni tashkil etadi. Soʻnggi bosqich qariyb uch yil davom etib, olingan maʼlumotlar kodlashtirish yordamida tahlil qilinib, natijalar eʼlon qilinadi.

Roʻyxatga olish jarayonida toʻplanadigan statistik maʼlumotlar yagona elektron axborotlar tizimiga kiritiladi. Yaʼni bundan bu yogʻiga qogʻozbozlikdan voz kechib, zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga eʼtibor qaratiladi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech