07/09/2021

  Joriy yilning 7- sentabr kuni, Navoiy viloyati statistika boshqarmasi “Roʼyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʼtkazish” bo’lim xodimlari tamonidan  Qiziltepa tumani Kulolon MFY faollari, kadastr bo’lim xodimlari va Kulolon MFY da yashovchi aholiga “Aholini ro'yxatga olish” mavzusida targ‘ibot-tashviqot  ishlari o’tkazildi.

Tadbirda Z. Bozorov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- son qarori bilan respublikamizda aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yilda o‘tkazilishi belgilanligi haqida ma’lumot berdi.

Aholini roʼyxatga olish uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich 3 yil davom etadi va bunda roʼyxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilishi belgilangan. Ikkinchi bosqichda aholi bevosita roʼyxatga olinadi va bu 1 kundan 60 kungacha bo’lgan davrni oʼz ichiga oladi. Uchinchi bosqichda esa ro’yxatga olish natijalari qayta ishlanadi.

Mamlakat fuqarolari to'g'risidagi ma'lumotlar har qanday davlat milliy statistikasining muhim qismi sanaladi. Bunday ma'lumotlar ma'lum vaqt oralig'ida aholini ro'yxatga olish tadbirlari orqali to'planadi. Ular nafaqat respublika, balki Yer yuzi aholisining soni, ijtimoiy holati, daromadlari kabi bir qancha muhim axborotlarni hisoblab borishga xizmat qiladi.

Tadbir so‘ngida Kulolon MFY faollari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi hamda mutaxassis tomonidan barcha savollarga to‘liq javob berildi.

 

Axborot xizmati

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech