Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, respublikada 2021- yilning yanvar–iyun oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan 5 807,2 ming tonna portlandsement ishlab chiqarilgan. O‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan o’sish sur’ati 123,0 % ni tashkil etgan.
Ma'lumot o‘rnida sement ishlab chiqarish 2021- yilning:
- yanvar oyida 559,3 ming tonna (o‘sish sur'ati 107,3 foiz);
- yanvar-fevral oylarida 1 325,4 ming tonna (118,4 foiz);
- yanvar-mart oylarida 2 228,4 ming tonna (114,1 foiz);
- yanvar-aprel oylarida 3 582,6 ming tonna (126,9 foiz);
- yanvar-may oylarida 4 679,2 ming tonna (124,2 foiz)ni tashkil etdi.
Yirik sement ishlab chiqarish korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Toshkent viloyati 42,3 %, Navoiy viloyati 32,2 %, Jizzax viloyati 13,0 % hamda Farg‘ona viloyati 8,5 % hissasiga to‘g‘ri keldi.
stat.uz