16/08/2021

Open Data Inception – bu Open Data Soft tomonidan ishlab chiqilgan 2600 dan ortiq ochiq ma'lumotlar portallarining to‘liq ro‘yxatidir. opendatainception.io sayti butun dunyoda keng foydalaniladigan va eng katta ochiq ma'lumotlar manbalaridan biri hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Open Data Inventory (ODIN) ochiq ma’lumotlar reytingida 63 ballni toʻplagan holda mazkur reytingda 125 pozitsiyaga koʻtarilib, dunyoda 44 oʻrinni hamda Markaziy Osiyoda 1-oʻrinni egalladi.

Shuningdek, BMTning “Elektron hukumat kuzatuvi – 2020”da “Davlat ochiq ma'lumotlari indeksi” bo‘yicha O‘zbekiston eng yuqori (Very High OGDI) ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan jahonning 41 ta mamlakati orasidan joy oldi.

stat.uz

Tugmani bosing Tinglash GSpeech