30/07/2021

Joriy yilning 29-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan viloyatimizning  mahalla fuqarolar yig‘inlarida mahalla faollari ishtirokida seminarlar tashkil etildi.

Tuman, shahar statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan  seminar qatnashchilariga qarorning mazmun va mohiyati haqida tushunchalar berildi va aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida, mahalla fuqarolar yig‘ini zimmasiga katta mas’uliyatli vazifa yuklatilganligi, statistika, kadastr va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borishlari haqida aytib o‘tildi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech