Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida respublikada 127 694,7 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan. Bozor xizmatlarining nominal hajmi 28 861,6 mlrd. so‘mga oshgan.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur'ati 118,3 % ni tashkil etgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi:
aloqa va axborotlashtirish – 7 318,1 mlrd.
moliyaviy – 28 594,1 mlrd.
transport – 30 091,6 mlrd.
shu jumladan: avtotransport – 16 161,4 mlrd.
yashash va ovqatlanish – 3 618,2 mlrd.
savdo – 32 085,5 mlrd.
ko‘chmas mulk bilan bog‘liq – 3 684,7 mlrd.
ta'lim sohasi – 5 411,5 mlrd.
sog‘liqni saqlash sohasi – 2 259,2 mlrd.
ijara – 2 643,9 mlrd.
kompyuter va maishiy tovarlarni ta'mirlash – 2 137,2 mlrd.
shaxsiy – 3 104,1 mlrd
me'morchilik, izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasi – 2 702,2 mlrd
boshqalar – 4 044,4 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.
stat.uz