30 iyun yoshlar kuni viloyatimizda Yoshlarning eng sevimli, ularni birlashtiradigan bayramga aylanib bormoqda. Ushbu kun munosabati bilan viloyat statistika boshqarmasi boshlig’i birinchi o’rinbosari A. Tashnazarov boshqarmada ishlayotgan yosh xodimlarga o’zlarining samimiy tilaklarini bildirib, ularga farovon hayot, omad, mustahkam sogʼlik tilab, doim kuchli, bilimli va aqlli boʼlishligini takidlab o’tdi.Ularning barcha yaxshi niyat-maqsadlari roʼyobga chiqishini, kelgusi ishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolishini bildirib o’tdi. Tadbir davomida viloyat statistika boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari U. Suyunov ham o'zining bir qancha tilaklarini bildirib, barchani Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etdi.