Joriy yilning 10-mart kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida boshqarma yuriskonsulti A. Muradov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-sonli “Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

Unda mazkur qarorning ahamiyati, elektr tarmoqlari obyektlarini muhofaza qilish qoidalari hamda xavfsizlik talablariga rioya etish masalalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.



