06/03/2026

Navoiy viloyati statistika boshqarmasida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan boshqarmada faoliyat yuritayotgan ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida ayollarga alohida hurmat va e’tibor ko‘rsatilib, ularning jamoadagi fidokorona mehnati hamda boshqarma faoliyatidagi munosib hissasi e’tirof etildi. Samimiy tilaklar va ezgu so‘zlar bayram tadbiriga o‘zgacha ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Shuningdek, bayram munosabati bilan ayollarga esdalik sovg‘alari hamda gullar topshirildi. Bu esa bayram kayfiyatini yanada ko‘tarib, tadbirga yanada fayz bag‘ishladi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech