05/03/2026

2025-yil 26-dekabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida, joriy yilning 5-mart kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda boshqarma rahbariyati, tarmoq bo‘lim boshliqlari hamda xodimlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda boshqarma yuriskonsulti A. Muradov so‘zga chiqib, Murojaatnomada ilgari surilgan asosiy g‘oyalar va ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumotlarni aytib o‘tdi.

U o‘z nutqida mamlakatimizda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi farovonligini yanada oshirish hamda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish Murojaatnomaning muhim yo‘nalishlari ekanini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Mazkur tadbir xodimlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech