2021- yilning 23- iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasida kadrlar salohiyatini oshirish, tizimda ilg‘or va zamonaviy metadologiyalarni keng targ‘ib etish maqasadida navbatdagi onlayn o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Vebinar qo‘mitaning Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi tomonidan tashkil etildi. Unda markaziy apparat hamda hududiy statistika boshqarmalari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda dastlab, 2020- yil 1- iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlariga qaratilgan yigʻilishda davlatimiz rahbari tomonidan statistika tizimini takomillashtirish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha so‘z yuritildi.
Shundan so‘ng, qo‘mitaning Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Umid Madaminov mavzu yuzasidan atroflicha ma'lumot berdi.
Xususan, aholi turmush darajasini o‘rganishda uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlarining o‘rni, tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.
Bundan tashqari, hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga aholi turmush tarzini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni uy xo‘jaliklari bilan telefon so‘rovi (ijtimoiy tarmoqlar, veb yoki onlayn muloqot) orqali aniqlash bo‘yicha vaqtinchalik tartib haqida batafsil tushuncha berildi.
Seminarda mavzu yuzasidan fikr almashinib, berilgan savollarga batafsil javob qaytarildi.
stat.uz