Joriy yilning 23 iyun kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasining majlislar zalida, statistika tizimida koʼp yillar ishlab nafaqaga chiqqan M.Bobonazarova hamda Sh.Sharipovalarni estalik sovg’alari bilan taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.
Taqdirlash jarayonida viloyati statistika boshqarmasi boshligʼining birinchi oʼrinbosari А.Tashnazrov o’z so’zida mehnat faoliyati davomida barchaga birdek uztozlik qilgan va topshiriqlarni oʼz vaqtida bajarganligi shuningdek, Davlat statistika ishlarida belgilangan vazifalarni, topshiriqlarni toʼliq hamda sifatli bajarilishida munosib ishtirok etganligi uchun o’z minnatdorliklarini bildirdi.
Tadbir davomida Navoiy viloyat statistika boshqarmasi kasaba uyushma qoʼmitasi raisi S.Tuygʼunov so’zga chiqib, sizlarga farovon hayot, mustahkam sogʼlik va har doim yaqinlaringizning quvonchli va samimiy tabassumlaridan baxra oling. Bundan buyon xam xuddi shunday betakror va jozibali boʼlib qolishiga tilaklar bildirdi.
Axborot xizmati