Brifingda Statistik registrlarni yuritish boʼlim boshligʼi N. Xatamova tomonidan bugungi kunda Navoiy shahrida 654 ta, Karmana tumanida 845 ta, Xatirchi tumanida 699 ta, Navbahor tumanida 678 ta, Qiziltepa tumanida 309 ta, Nurota tumanida 258 ta, Konimex tumanida 206 ta, Tomdi tumanida 52 ta, Uchquduq tumanida 23 ta hamda Gʼozgʼon shahrida 13 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritib kelmoqda. Faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalarning oʼtgan yilning mos davriga nisbatan sohalar kesimida qaralganda eng koʼp savdoda 296 taga, sanoatda 103 taga, qishloq, oʼrmon va baliqchilik xoʼjaligida 38 taga, yashash va ovqatlanish sohasi boʼyicha xizmatlarda 34 taga koʼpayishi kuzatilgan.
Oilaviy korxonalarning jadal oʼsishi natijasida 2017 yil 1 iyun holatiga (440 ta) nisbatan 2021 yilning mos davrida 9,2 barobarga koʼp korxonalar roʼyxatdan oʼtgan.
2021- yilning yanvar-may oylarida eng koʼpi 126 ta savdo sohasida, 133 ta sanoat sohasida, 36 ta qishloq, oʼrmon va baliqchilik xoʼjaligi sohasida, 31 ta yashash va ovqatlanish sohasi boʼyicha xizmatlar sohasida oilaviy korxonlar yangi tashkil etilgani to’g’risida axborot berib o’tildi.
Axborot xizmati