Davlat statistika hisobotlarini takomillashtirilgan eStat 4.0 avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yuborilishi tartibi hamda hisobot qabul qilish davrida yuzaga kelishi mumkin boʼlgan korruptsion holatlarning oldini olish hamda unga qarshi kurashish toʼgʼrisida seminar o’tkazildi.
Seminar yigʼilishini boshqarma bosh yuriskonsulti А.Murodov soʼzga chiqib, bugungi kunda Respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonida qabul qilingan qonun va qonun osti xujjatlari toʼgʼrisida quyidagilarni gaprib o'tdi.
Har bir oila va jamiyatning oʼz tartib-tizginlari boʼladi. Uni bilmaslik va unga rioya qilmaslik insonni mudhish illat va kulfatlarga sabab qilishi tayin. Taraqqiyotga toʼsiq, sohalar rivojiga gʼov boʼladigan illatlardan biri korrupsiyadir. Uning zararli oqibatlarini tushuntirish va unga nisbatan barchada keskin kurashish tuygʼusini uygʼotish muhim masaladir.
Shu maqsadda mamlakatimizda chet el tajribasini hisobga olgan holda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida 2017 yil 3 yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi.
Shundan soʼng Navoiy shahar statistika boʼlim bosh mutaxassisi I.Ravshanov, Karmana tumani boʼlim boshligʼi M.Safarovlar tomonidan joriy yildan boshlab davlat statistika hisobotlarini takomillashtirilgan eStat 4.0 avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali hiobotlarni yuborilish tartibi hamda statistik maʼlumotlarning toʼliqligi va ishonchliligini taʼminlash maqsadida korxona va tashkilotlar bilan samarali hamkorlik qilishni, mazkur koʼrsatmalarda davlat statistika organlari tomonidan davlat statistika hisobotlarini toʼldirish va taqdim etish masalalari boʼyicha maslahatlar berildi, statistika sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va statistik maʼlumotlarning toʼliqligi va ishonchliligini taʼminlash maqsadida statistika sohasiga oid qonunchilik va meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyatini keng jamoatchilikka hamda korxona va tashkilotlar bilan hisobotlarni taqdim etilishida faoliyatida yoʼl qoʼyilishi mumkin boʼlgan xato va kamchiliklarni oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan tegishli tavsiyalar berilganligi hamda mazkur tavsiyalarga amal qilinishi lozim boʼlgan vazifalar bilan toʼliq tanishtirib oʼtildi.
Shundan soʼng, kun tartibidagi mavzu boʼyicha yigʼilish qatnashchilari oʼz fikr-mulohazalari bilan qatnashdilar hamda mavjud savollarga javoblar berildi.
Axborot xizmati