18/06/2021

2021- yilning 18- iyun kuni, Navoiy viloyati Karmana tuman Yangiariq MFY faollariga statistika bo‘limi mutaxassisi tomonidan “Aholini ro'yxatga olish” mavzusida seminar o’tkazildi.

Seminarda M. Safarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori bilan respublikamizda aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yilda o‘tkazilishi belgilanligi haqida ma’lumot berdi.

Аholini roʼyxatga olish uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich 3 yil davom etadi va bunda roʼyxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilishi belgilangan. Ikkinchi bosqichda aholi bevosita roʼyxatga olinadi va bu 1 kundan 60 kungacha bulgan davrni oʼz ichiga oladi. Uchinchi bosqichda esa ruyxatga olish natijalari kayta ishlanadi.

Mamlakat fuqarolari to'g'risidagi ma'lumotlar har qanday davlat milliy statistikasining muhim qismi sanaladi. Bunday ma'lumotlar ma'lum vaqt oralig'ida aholini ro'yxatga olish tadbirlari orqali to'planadi. Ular nafaqat respublika, balki Yer yuzi aholisining soni, ijtimoiy holati, daromadlari kabi bir qancha muhim axborotlarni hisoblab borishga xizmat qiladi.

Tadbir so‘ngida Yangiariq MFY faollariga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi hamda mutaxassis tomonidan barcha savollarga to‘liq javob berildi.

 

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech