18/06/2021

Seminarda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi odimi  A. Latipov  maʼruzalari tinglandi.

Rahbar maʼnaviyati toʼgʼrisida gap ketganda, koʼpincha rahbarning tarixni, allomalarimiz merosini, goʼzallik, yaxshilik va yomonlik haqidagi bilimlarini tushunishadi.

Bugun zamonaviy rahbar maʼnaviyati yuqorida taʼkidlab oʼtilgan fazilat va xislatlardan tashqari quyidagi qoʼshimcha taʼlablarni ham oʼz ichiga olishi mumkin:

  • Ijro intizomini taʼminlash;
  • Ishni tashkil qilishda izlanish, tashabbuskor boʼlish;
  • Boqimandalik xoʼjasizlik dardlarini davolash;
  • Dehqon, tadbirkor manfaatlarini himoyalash;
  • Kadrlarni tanlash, tayyorlash va joy-joyiga qoʼyish;
  • Taʼmagirlikka qarshi kurashish;
  • Qoʼl ostida ishlayotgan xodimlarni ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash;
  • Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining oʼz hududi, tashkilotdagi rahbari sifatida oʼz vazifalarini bilishni va amal qilishni ham taqozo etadi.


    Rahbar shunisi bilan rahbarki, u nafaqat oʼzining shaʼnini, balki davlat idorasining obroʼsini ham saqlashga masʼul ekanini unutmasligi kerak.

    U har qanday toʼsiq va qiyinchiliklarga, keskin va dolzarb muammolarga duch kelmasin, vaziyatdan ogʼir-bosiqlik va vazminlik bilan chiqib, faqat qonunga asoslangan toʼgʼri qaror qabul qilishi shart.

    Tadbir yakunida tinglovchilar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga maʼruzachi tomonidan batafsil javoblar oldilar.


Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech