17/06/2021

2021- yilning 17- iyun kuni, Navoiy viloyati Navoiy shahri Ma’naviy-Axloqiy tarbiya va bolalarni ijtimoiy himoya qilish bo’limi ishchi xodimlari bilan statistika bo‘limi mutaxassisi tomonidan “Aholini ro'yxatga olish” mavzusida seminar o’tkazildi.

o’tkazildi.

Seminarda H. Do’stova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori bilan respublikamizda aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yilda o‘tkazilishi belgilanligi haqida ma’lumot berdi.

Aholini ro'yxatga olish qanday amalga oshiriladi?

Mazkur jarayon uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchisi, tayyorgarlik bosqichi bo'lib, uch yilga yaqin vaqt davom etadi. Ikkinchisi, asosiy bosqich bo'lib, bunda bevosita aholini ro'yxatga olish amalga oshiriladi, ya'ni aholi to'g'risidagi ma'lumotlar yig'iladi, nazorat tekshiruvi o'tkaziladi va aholini ro'yxatga olish materiallari topshiriladi. Bu taxminan ikki oy muddatni tashkil etadi. So'nggi bosqich qariyb uch yil davom etib, olingan ma'lumotlar kodlashtirish yordamida tahlil qilinib, natijalar e'lon qilinadi. Ro'yxatga olish jarayonida to'planadigan statistik ma'lumotlar yagona elektron axborotlar tizimiga kiritiladi. Ya'ni bundan bu yog'iga qog'ozbozlikdan voz kechib, zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga e'tibor qaratiladi.

Ochiq muloqat jarayonida Ma’naviy-Axloqiy tarbiya va bolalarni ijtimoiy himoya qilish bo’limi ishchi xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi hamda mutaxassis tomonidan barcha savollarga to‘liq javob berildi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech