Seminar yig’ilishida viloyat statistika boshqarmasi boshlig’i birinchi o'rinbosari (A. Tashnazarov), tarmoq bo’lim boshliqlari, hududiy statistika bo’limi boshliqlari vа xodimlari ishtirok etdi.
Yig’ilishda, Davlat statistika ishlari dasturida belgilangan vazifalar ijrosi ,aholini ro’yxatga olish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijasi, xaritalash ishlari, koruppsiyaga qarshi kurashish bo’yicha boshqarmada amalga oshirilayotgan ishlar, sohadagi yangiliklar, qabul qilinayotgan hisobotlardagi kamchiliklar hamda davlat statistika idoralari oldida belgilangan vazifalar, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan masalalar muhokama etildi.
Bu borada мa’sullarga kerakli ko’rsatma va topshiriqlar berilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Axborot xizmati