08/06/2021

 

2021- yilning 5- aprelidan boshlab Respublikamiz hududlari boʻyicha Multiindikator klaster, MICS kuzatuvlari o‘z ishini boshladi. Jumladan, Navoiy viloyatida ham viloyat statistitka boshqarmasi mas’ul xodimlari kuzatuvlarda faol qatnashishmoqdalar.

     2021- yilning 8- iyun kuni viloyat statistika boshqarmasi xodimlaridan tashkil topgan MICS kuzatuvi supervayzer hamda intervyurlar tomonidan Zarafshon shahri “Tinchlik” mahallasida tanlab olingan respondetlar bilan MICS kuzatuvi o‘tkazilmoqda. Kuzatuvlar belgilangan tartibda shaxsan respondetlar bilan suhbatlashish orqali elektron koʼrinishda planshetlarda amalga oshirilmoqda.

     Ushbu tadbir davomida viloyatningning 56 ta mahallasida ayollar, bolalar va uy xo'jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi to‘g‘risida muhim ma‘lumotlarni yig'ishdan iborat.    MICS ma'lumotlarini yig'ish 2021- yil 31- iyulgacha davom etadi.

     To’plangan ma'lumotlar va ko'rsatkichlar O'zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ga erishish yo'lidagi taraqqiyotini kuzatish uchun muhim omil bo'ladi va xalqaro ma'lumotlar bazalariga kiritiladi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, ular ijtimoiy xizmatlar sohasida qarorlar qabul qilish, milliy siyosatni, rivojlanish va xizmat ko’rsatish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun ham zarurdir.

Multiindikator klaster kuzatuvlari 5 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan ayollar bilan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar to‘g‘risida onalari yoki vasiylaridan olingan aniq ma'lumotlarni, aholi turmush darajasi, yashash joyi (shahar yoki qishloq) va jinsi bo‘yicha to‘plangan barcha ma'lumotlarni mamlakatlar miqiyosida xalqaro darajada taqqoslash imkonini beradi.

 

 

 

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech