03/06/2021

Oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi boʻlgan 2 535,2 ming AQSh dollar qiymatli 4 117,4 tonnadan ortiq meva-sabzavot eksport qilingan hamda 2020- yilning mos davriga nisbatan 83,1 % ni tashkil qildi. Meva-sabzavot mahsulotlari va ularni qayta ishlash jami eksport hajmida 1,8 % ni tashkil etmoqda. Shundan salmog‘i yirik hududlarda meva-sabzavot mahsulotlari va ularni qayta ishlash eksporti hajmi Qiziltepa tumanida 1 066,1 ming AQSh dollarini, Karmana tumanida 538,9 ming AQSh dollarini, Xatirchi tumanida 426,7 ming AQSh dollarini, Zarafshon shahrida 256,3 ming AQSh dollarini va Navbahor tumanida 199,0 ming AQSh dollarini tashkil etmoqda.
 

 

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech