Navoiy viloyati statistika boshqarmasida tizim xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi O‘RQ-1166-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Tadbirda boshqarma bosh yuriskonsulti A. Muradov tomonidan mazkur Qonunda belgilangan normalar, jumladan, Prezident Administratsiyasining huquqiy maqomi, faoliyatining asosiy prinsiplari hamda tarkibiy bo‘linmalari haqida batafsil ma’lumot berildi.


Shuningdek, Qonunning asosiy mazmuni va unda belgilangan vazifalarning ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar berilib, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.



