14/08/2026

Joriy yilning 13-avgust kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida tarmoq bo‘limlari boshliqlari hamda tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlari (masofaviy aloqa orqali) ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda O‘RQ-1155-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida bosh yuriskonsult A. Murodov tomonidan mazkur Qonunda belgilangan yangi norma va o‘zgartirishlar, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik masalalari yuzasidan ishtirokchilarga zarur ma’lumotlar yetkazildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech