16/07/2026

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekistonga 9 ta xorijiy davlatdan qiymati 584,4 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan 642,2 tonna tabiiy asal import qilingan.

Import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 422,4 tonnaga yoki 2,9 barobarga oshgan.

Mazkur davrda O‘zbekistonga eng ko‘p tabiiy asal yetkazib bergan davlatlar:

Qozog‘iston — 372 tonna

Qirg‘iz Respublikasi — 168 tonna

Rossiya Federatsiyasi — 87,9 tonna

Germaniya — 10 tonna

Vengriya — 2,2 tonna

Boshqa davlatlar — 2,1 tonna

asall_p85901

Tugmani bosing Tinglash GSpeech