Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Navoiy viloyati 2026-yilning yanvar-may oylarida xorijga 15,3 mln AQSH dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilgan.
Ushbu ko‘rsatkich umumiy eksportning 2,0 foizini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,2 foizga oshgan.
Toʻqimachilik mahsulotlari eksportida yuqori ulush kiyim-kechak mahsulotlari (88%) hamda sintetik, jun tolalar (7%) hissasiga toʻgʻri kelgan.




