09/06/2026

Navoiy viloyati statistika boshqarmasida bosh yuristkonsult tomonidan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo’yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–4761-son qarori mazmun-mohiyati tushuntirilib, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash hamda ularning oldini olish bo‘yicha belgilangan vazifalar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va xizmat faoliyatida halollik tamoyillariga qat’iy rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech