Qurbon hayiti – inson qalbini ezgulik, mehr-oqibat va saxovatga chorlaydigan ulug‘ ayyomdir. Ushbu muborak kunlar munosabati bilan Navoiy viloyat statistika boshqarmasi tomonidan ehtiyojmand oilalar, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar hamda yolg‘iz yashovchi insonlarga xayriya yordamlari ko‘rsatildi.
Xayriya tadbiri davomida ularga zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari topshirilib, bayram shukuhi va e’tibori ulashildi.
Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatda mehr-muruvvat, hamjihatlik va insoniy qadriyatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.



