08/04/2026

Statistika boshqarmasi tizim xodimlari ishtirokida PF–51-son “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmon mazmun-mohiyati va ijrosi yuzasidan huquqiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida boshqarmaning bosh yuriskonsultanti A. Murodov Farmonning asosiy maqsad va vazifalari, shuningdek, unda belgilangan bandlar bo‘yicha keng va batafsil tushuntirishlar berdi.

Tadbir tizim xodimlarining huquqiy bilim va savodxonligini oshirish, amaldagi qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini chuqur anglashini ta’minlash, xizmat faoliyatida huquqiy me’yorlarga qat’iy rioya etish ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech