Navoiy viloyati statistika boshqarmasida xodimlar ishtirokida huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan navbatdagi targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbir bosh yuriskonsult A. Murodov tomonidan olib borildi.
Tadbir davomida O‘RQ-788-son Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilib, uning amaliy ahamiyati va qo‘llanilish jihatlari atroflicha yoritildi.

Muloqot jarayonida xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, hamda huquqiy mas’uliyatni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassis tomonidan ularga aniq, tushunarli javob berildi.



