26/03/2026

Joriy yilning 26-mart kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida amaliyot o‘tayotgan talabalar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbir yoshlarning statistika sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash hamda zamonaviy statistik jarayonlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida o‘tkazildi.

Davra suhbati davomida ishtirokchilarga mamlakatimizda statistika tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan yangiliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, rasmiy statistika ma’lumotlarini shakllantirish jarayonlari, hududiy ko‘rsatkichlarning yig‘ilishi, qayta ishlanishi va tahlil qilinishi bosqichlari amaliy misollar asosida tushuntirildi.

Rasmiy ijtimoiy tarmoqlar orqali statistik ma’lumotlarni e’lon qilish tartibi, shuningdek, ushbu ma’lumotlardan samarali foydalanish yo‘llari yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. Ayniqsa, rasmiy saytdan foydalanish, statistik axborotlarni izlash va tahlil qilish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar talabalar uchun katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan atroflicha javob oldi hamda kelgusida statistika sohasida faoliyat yuritish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Davra suhbati ochiq muloqot va samimiy ruhda o‘tdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech