Milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz va qadriyatlarimizda ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka hamda mehr-oqibatga chorlaydigan hashar alohida ahamiyatga ega. Bejizga xalqimiz orasida “Hashar – elga yarashar” degan ezgu ibora keng qo‘llanilmaydi.

Yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari tadbirlarida Navoiy viloyati statistika boshqarmasi hamda tuman (shahar) statistika bo‘limlari xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.


Ushbu ezgu an’ana doirasida statistika tizimi xodimlari boshqarma va hududiy bo‘limlar binolari atroflarida obodonlashtirish hamda tozalik ishlarini amalga oshirib, atrof-muhitni yanada ko‘rkam holga keltirishga o‘z hissalarini qo‘shmoqda.


Birgalikdagi sa’y-harakatlar yurtimiz obodligi va pokizaligiga xizmat qiladi.
Umumxalq xayriya hashari davom etmoqda.



