03/03/2026

Joriy yilning 3-mart kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi PF-6013-sonli farmon ijrosi doirasida “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda boshqarma rahbariyati, tarmoq bo‘lim boshliqlari va xodimlar ishtirok etdi. Shuningdek, hududiy statistika bo‘limlari xodimlari Zoom platformasi orqali onlayn tarzda qatnashdi.

Yig‘ilishda boshqarma yuristkonsulti A. Muradov so‘zga chiqib, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qabul qilinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi hamda bunday tadbirlar xodimlarning huquqiy bilimini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech