Mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi — an’anaviy usulda, ya’ni xonadonma-xonadon yurib ma’lumot to‘plash jarayonlari joriy yilning 4–28-fevral kunlari o‘tkazilmoqda.

Ushbu bosqichda ro‘yxatdan o‘tmagan yoki onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonida ma’lumotlarni xato va kamchiliklar bilan to‘ldirgan fuqarolar to‘liq qamrab olinmoqda. Jumladan, Navoiy viloyatida ham mazkur jarayon barcha hududlarda tashkil etilgan holda amalga oshirilmoqda.

Mahalla yettiligi tizimi xodimlari xonadonlarga tashrif buyurib, fuqarolardan olinayotgan ma’lumotlarni maxsus planshet qurilmalari yordamida bevosita elektron bazaga kiritmoqda.

Roʻyxatga olish jarayonida aholi vakillari faol qatnashib, savollarga aniq va to‘liq javob bermoqda. Bu esa tadbirning sifatli va o‘z vaqtida o‘tkazilishiga xizmat qilmoqda.



