Navoiy viloyatida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Mazkur bosqich anʼanaviy usulda, yaʼni xonadonma-xonadon yurib maʼlumot toʻplash orqali amalga oshirilmoqda.

Hududlarda faoliyat olib borayotgan mahalla yettiligi vakillari xonadonma-xonadon yurib, onlayn ro‘yxatdan o‘tish bosqichida ishtirok etmagan, yoki savolnomalarni xato va kamchiliklar bilan toʻldirgan fuqarolar haqidagi maʼlumotlarni planshet qurilmalari orqali elektron tizimga kiritmoqda.


Roʻyxatga olish jarayonida aholi vakillari ham faol ishtirok etib, savollarga toʻliq, aniq va tezkor javob bermoqda. Bu esa jarayonning samarali tashkil etilishiga xizmat qilmoqda.



