11/02/2026

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi doirasida mahalla xodimlari hamda xonadonlarda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Navoiy viloyati statistika boshqarmasi yurist-konsulti A. Muradov tomonidan o‘tkazilayotgan targ‘ibot davomida ro‘yxatga olish jarayonida mas’ul xodimlarning vazifalari, shuningdek fuqarolarga beriladigan savollar mazmuni yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Uchrashuvlar davomida fuqarolarni ro‘yxatga olish jarayonida faol ishtirok etishga chaqirilib, mazkur tadbir mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech