Mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi — an’anaviy, ya’ni xonadonma-xonadon yurib ma’lumot to‘plash jarayonlari joriy yilning 4–28-fevral kunlari o‘tkazilmoqda.


Ushbu bosqichda onlayn ro‘yxatdan o‘tmagan yoki ma’lumotlarni to‘liq kiritmagan fuqarolar qamrab olinmoqda. Xususan, Karmana tumani “Qahramon” MFY hududida ham mahalla yettiligi xodimlari uyma-uy yurib, fuqarolardan olinayotgan ma’lumotlarni maxsus planshet qurilmalari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron tizimga kiritib bormoqda.




