Hozirda mamlakatimizda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi — anʼanaviy, yaʼni xonadonma-xonadon yurib maʼlumot toʻplash jarayonlari davom etmoqda.

Mazkur jarayon doirasida Navoiy viloyati, Navoiy shahri “Hayot” MFY hududida ham ro‘yxatga olish ishlari olib borilmoqda.

Mahalla yettiligi xodimlari xonadonma-xonadon yurib, roʻyxatdan oʻtmagan yoki onlayn roʻyxatdan oʻtish jarayonida xato va kamchiliklar bilan toʻldirilgan maʼlumotlarni planshet qurilmalari orqali elektron tizimga kiritmoqda.



