Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi 2026-yil 4–28-fevral kunlari davom etadi.

Ushbu bosqichda ro‘yxatga oluvchilar — mahalla yettiligi vakillari xonadonma-xonadon yurib, onlayn ro‘yxatdan o‘tish bosqichida ishtirok etmagan, yoki savolnomalarni xato va kamchiliklar bilan toʻldirgan fuqarolar haqidagi maʼlumotlarni planshet qurilmalari orqali elektron tizimga kiritadi.

Mazkur jarayon doirasida Navoiy viloyati Karmana tumani “Mir Said Baxrom” MFY hududida ro‘yxatga olish ishlari izchil ravishda boshlab yuborildi. Aholi vakillari ro‘yxatga oluvchilarni ochiq chehra bilan kutib olib, savollarga to‘liq va aniq javob berish orqali mazkur muhim davlat tadbirida faol ishtirok etmoqda.



