04/02/2026

Joriy yilning 3-fevral kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida xodimlar hamda talabalar ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda boshqarma yuristkonsulti A. Muradov so‘zga chiqib, bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qabul qilinayotgan qonunlar, davlat dasturlari va amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Tadbir ishtirokchilariga korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir fuqaroning huquqiy ongi va mas’uliyati muhim ahamiyat kasb etishi, halollik tamoyillari jamiyat barqarorligi hamda taraqqiyotining asosiy omillaridan biri ekani uqtirildi.

Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berilib, huquqiy targ‘ibot tadbirining ahamiyati alohida e’tirof etildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech