Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri doirasida onlayn ro‘yxatdan o‘tib, savolnomani to‘g‘ri va to‘liq to‘ldirgan fuqarolar o‘rtasida navbatdagi sovrin egasi aniqlandi.

Tasodifiy tanlash (random) usuli orqali Navoiy viloyati G‘ozg‘on shahri “Marmarobod” MFYda yashovchi fuqaro R. Turdiyev g‘olib bo‘ldi.

G‘olibga mas’ul xodimlar tomonidan Tashakkurnoma va zamonaviy planshet topshirildi.

Siz ham onlayn ro‘yxatdan o‘ting, faol ishtirok eting va sovrin yutish imkoniyatiga ega bo‘ling!



