2026-yil 15-yanvardan boshlab mamlakatimizda Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining birinchi bosqichi boshlandi. Jarayonni tizimli tashkil etish maqsadida korxona va tashkilotlardagi ishchi-xodimlar hamda fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish uchun volontyorlar jalb qilindi.

Shu munosabat bilan, 2026-yil 28-yanvar kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida volontyorlar ishtirokida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida A. Murodov PF-173-son Farmonning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berdi.

Uchrashuvda ro‘yxatga olish jarayonining maqsadi va vazifalari, uning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga qo‘shadigan hissasi haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, volontyorlarning jarayondagi o‘rni alohida qayd etildi. Ular aholi bilan bevosita ishlash, ma’lumotlarning to‘g‘ri va aniq taqdim etilishiga ko‘maklashish ekanligi ta’kidlandi.



