2026-yil 15-yanvardan boshlab mamlakatimizda Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining birinchi bosqichi boshlandi.

Mazkur bosqich davomida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar orasida tasodifiy tanlash (random) usuli orqali sovrinli tanlovlar o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi sovrindor Navoiy viloyati Qiziltepa tumanining “Qalayi-Azizon” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro bo‘ldi.

G‘olibga mas’ul xodimlar tomonidan Tashakkurnoma hamda zamonaviy planshet qurilmasi topshirildi.
Siz ham jarayonda faol ishtirok eting — balki navbatdagi sovrindor aynan siz bo‘lishingiz mumkin!



