26/01/2026

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri doirasida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar orasida tasodifiy tanlash (random) usuli asosida sovrinli tanlovlar davom etmoqda.

Unga ko‘ra, navbatdagi g‘olib Navoiy viloyatining Konimex tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro bo‘ldi.

Mas’ul xodimlar tomonidan g‘olibga Tashakkurnoma hamda zamonaviy planshet qurilmasi topshirilib, uning faol ishtiroki uchun minnatdorlik bildirildi.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish — fuqarolar uchun qulay, xavfsiz va tezkorlik imkoniyatni beradi.

Siz ham onlayn ro‘yxatdan o‘ting!
Keyingi g‘olib aynan siz bo‘lishingiz mumkin!

Tugmani bosing Tinglash GSpeech